Huawei 2
Olimlar o’zini-o’zi dezinfeksiya qiluvchi niqob yaratishdi

Isroillik tadqiqotchilar bir necha marta foydalansa bo’ladigan tibbiy niqob yaratishdi. E’tiborlisi, ushbu niqob o’zini-o’zi dezinfeksiya qilishi mumkin ekan.

Olimlarning ma’lum qilishicha, ular yaratgan innovatsiya mobil qurilmani quvvatlovchi uskuna yordamida o’zidan past darajadagi issiqlikni taratadi. 10 vatt quvvatlikdagi kuch 65-70 darajadagi issiqlikni bera oladi, ushbu harorat esa virusni o’ldirish uchun yetarli.

Tibbiy niqob USB port bilan jixozlangan. Quvvatlantiruvchi uskunaga ulanganidan so’ng karbon tolalar asta-sekinlik bilan qizishni boshlaydi. Virusni o’ldirish uchun niqobni 30 daqiqa davomida taqish lozim.

Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ular yaratgan tibbiy niqob ekologik toza mahsulotdir. 2020 yilda dunyo bo’ylab besh milliardga yaqin tibbiy niqoblar ishlab chiqarildi. Ularning ekologiyaga ta’siri esa havotirli.

Innovatsiyaning narxi $1 dollar atrofida bo’lishi tahmin qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga