OpenAI Gollivudni zabt etadi

Bloomberg xabar berishicha, ChatGPT-ni ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi kino biznesiga kirishmoqchi.

OpenAI Gollivudda Bosh operasion direktor  Bred Laytkep boshchiligidagi tanishuv suhbatlarini rejalashtirgan. U bir nechta hamkasblari bilan birgalikda foydalanuvchilar matnli so‘rovlari asosida bir daqiqaga yaqin davomiylikdagi real videolarni yaratishi mumkin bo‘lgan, ilgari chiqarilmagan yangi xizmat – Sora sun’iy intellektning imkoniyatlarini namoyish etdi.

ChatGPT yaratuvchisi fevral oyining o‘rtalarida Gollivud va Silikon vodiysi e’tiborini bir zumda o‘ziga tortgan yuqori aniqlikdagi bir qator kliplar bilan Sora-ni tanishtirdi. Sora hali keng omma uchun mavjud emas, ammo OpenAI allaqachon bir nechta taniqli aktyor va rejissyorlarga kirish imkoniyatini taqdim etgan.

Ko‘pgina kinoijodkorlar va studiyalar allaqachon ishlab chiqarishdan oldingi va ishlab chiqarishdan keyingi suratga olishda sun’iy intellektdan foydalanmoqda va sun’iy intellekt vositalar yangi avlodining istiqbollarini tan olishmoqda. Ammo SI xizmatlarining ko‘payishi illyustratorlardan tortib ovozli aktyorlargacha bo‘lgan barchaning hayotiga salbiy ta’sir qiladi degan xavotirlarni keltirib chiqardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты