Huawei 1
Orban Pekinga tashrifini yakunlab, Vashingtonga boradi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Pekinga safari ortidan darhol Vashingtonga tashrif buyurishini e’lon qildi. Bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozdi.

“Keyingi to‘xtash: Vashington”, degan Bosh vazir.

Orbanning 9-11-iyul kunlari Vashingtondagi NATO sammitiga safari uning Kiyev, Moskva va Pekinga tashrif buyurgan tinchlikparvar missiyasiga kirmaydi. Biroq Bosh vazir idorasi rahbari Gergeli Guillasning ta’kidlashicha, Orbanning Amerika poytaxtiga tashrifidan Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun ham foydalanish mumkin.

“Bosh vazir NATO sammitiga ketmoqda, ammo bu uning tinchlik missiyasining bir qismi emas, chunki bunday missiya davomida u tinchlikka qiziquvchi odamlar bilan uchrashishi kerak”, deydi Guillas.

Uning qo‘shimcha qilishicha, NATO sammitida qatnashishdan Orban o‘z oldiga qo‘ygan “tinchlik kabi ezgu maqsadga erishish” uchun ham foydalanishi mumkin.

Jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda so‘zga chiqqan Bosh vazir devoni rahbari Vengriya hukumati rahbari Vashingtonda kim bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. AQSHga safari chog‘ida sobiq AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishni rejalashtiryaptimi, degan savolga Guillas: “Hamma narsaning o‘z vaqti bor”, deb javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, 1949-yilda Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolanganining 75 yilligi sharafiga 9-11-iyul kunlari Vashingtonda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Visbadenda Kiyevga yordam beradigan yangi tuzilma yaratish va Ukraina uchun siyosiy irodasi mavjud bo‘lganda ittifoqqa a’zo bo‘lish imkonini beradigan “NATOga ko‘prik” qurish masalalari muhokama qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100618 | Инструменты