Huawei 2
Ozarbayjonda ziddiyatlar kuchaymoqda

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku markazida "Karantinni to’xtating”, “Urush boshlansin", “Qorabog’ ozod etilsin”, “Shahidlar o’lmaydilar” shiorlari ostida minglab namoyishchilar ko’chalarga chiqdilar. Mingdan ortiq kishi Ozarbayjon parlamenti binosi oldida mamlakat armiyasini qo'llab-quvvatlash uchun to'plandi. Namoyishchilar hokimiyatdan ularga qurol berishni talab qilishdi.

Bir necha kishi parlament binosiga kirishga muvaffaq bo'lib, binoning ichki qismiga zarar yetkazdi.  Politsiya olomonni tinchlantirish uchun suv purkagichdan foydalanishga majbur bo’ldi.

Tog'li Qorabog'dagi qarama-qarshiliklar 12 iyul kuni kuchaydi. Bokuda ziddiyatlar oqibatida 11 nafar xarbiyning halok bo’lgani xabar qilindi.

Yerevanda esa rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, to'rt nafar askar va ofitser qurbon bo’lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga