Pekinda havoning eng yuqori "qizil" darajasi e'lon qilindi

Pekinda g'ayritabiiy issiq havo kuzatilmoqda. Xitoy poytaxtida ob-havoning eng yuqori, "qizil" darajasi e'lon qilindi. Kunduzi aksariyat hududlarda termometr ko'rsatkichi Selsiy bo'yicha 40 darajadan oshadi.

Bu yozda poytaxt meteorologlari tomonidan e'lon qilingan ikkinchi yuqori harorat haqida ogohlantirishdir. Nankin hududidagi ob-havo stansiyasi ma'lumotlariga ko'ra, iyun oyining boshidan 5-iyulgacha harorat 35 daraja va undan ham yuqori ko'rsatgichga yetgan. 

To‘rt kun davomida esa 40 daraja issiqlik kuzatildi. Bu ko‘rsatkichlar 1951-yilda stansiya ishga tushirilgandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Pekinliklarga ochiq havoda kamroq yurish va ko‘chaga chiqqanda zarur choralarni ko‘rish tavsiya etilgan. Prognozlarga ko‘ra, issiqlik to‘lqini payshanbadan jumagacha davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102103 | Инструменты