AQSh Mudofaa vazirligi HAWC (Hypersonic Air-breathing Weapon Concept) dasturi doirasida gipertovushli raketa prototipining navbatdagi muvaffaqiyatli parvoz sinovini o'tkazganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, belgilangan barcha vazifalar bajarilgan.
Raketa Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Sinovlar davomida u 18 kilometrdan ortiq balandlikda soatiga 6,1 ming km tezlikga erishib, taxminan 483 km masofani bosib o'tgan.
Esaltib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr oyida ham Qo'shma Shtatlar gipertovushli raketaning muvaffaqiyatli sinovlari haqida xabar bergan edi. AQSh harbiy-dengiz kuchlari xabariga ko'ra, o’shanda navigatsiya uskunalari va telemetriya tekshirilgan.
Avvalroq Turkiyaning Ukraina bilan hamkorlikda tayyorlangan Bayraktar Kizilelma - birinchi uchuvchisiz jangovar samolyotining sinov parvozi amalga oshirilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61003 | Инструменты