Huawei 1
Politico: AQSh F-16 uchun Ukrainaga o'rta masofali JSOW yuborishi mumkin

AQShdan Ukrainaga 375 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi F-16 qiruvchi samolyotlari uchun JSOW o‘rta masofali havo bombalarini o‘z ichiga olishi mumkin, deb xabar bermoqda Politico gazetasi manbalarga tayanib. Hozirda paketning nimalardan iborat bo'lishi muhokama qilinmoqda, yetkazib berish esa 23 sentyabrda e'lon qilinishi kutilmoqda. Raketalarning parvoz masofasi 100 kilometrdan oshadi.

Politico nashrining yozishicha, paketga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun artilleriya o‘q-dorilari va raketalar ham bo‘lishi mumkin. Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, ta’minotlar tarkibi rasmiy e’lon qilinadigan kunga qadar o‘zgarishi mumkin.

CNN manbalariga tayanib, so‘nggi oylarda AQShning Ukraina uchun ajratayotgan harbiy yordam paketlari hajmi Pentagon zahiralari tugashi tufayli kamayganini yozdi. O'tgan hafta AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder departamentda Ukrainaga qurol uzatish dasturi doirasida yordam berish uchun 5,9 milliard dollar qolganini ma'lum qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92113 | Инструменты