Bugun, 2-yanvar kuni Amerikalik aktyor Jeremi Renner baxtsiz hodisa sabab jiddiy jarohat olgani bo'yicha xabar berildi. U uperqahramonlar haqidagi filmlarda “lochin ko‘z” Klint Barton roli bilan tanilgan.
“Renner og‘ir, ammo barqaror ahvolda. U bugun ob-havo bilan bog‘liq baxtsiz hodisada qorni tozalash paytida jarohat olgan”,-deydi aktyorning matbuot kotibi.Qayd etilishicha, AQSHda kuzatilgan noqulay ob-havo tufayli aktyor Rouz tog‘idan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan uyida mashinasi bilan qor kuragan. Shu payt u avtohalokatga uchragan hamda jiddiy jarohat olgan. Aktyor vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan.
Shifokorlar aktyorning holatini og‘ir deya baholagan. Rannerning oila a’zolari hozir u bilan birga.
Ma’lumot o‘rnida, Jeremi Renner 1971-yilning 7-yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. U aktyorlik faoliyatini 1995-yildan boshlagan. U kino ixlosmandlariga “Oraliq shkaf” (2008), “O‘g‘rilar shahri” (2010), “Jodugar ovchilari” (2012) va Marvel film franshizasi, jumladan, “Tor” (2011) filmlaridagi rollari bilan tanilgan. Uning “Qasoskorlar” filmining turli qismlarida “lochin ko‘z” Klint Barton nomli mergan roli aktyorga katta omad keltirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты