Huawei 1
Qatar shahzodasi Xalifa ibn Hamad Ol Soniy uylanishini e’lon qildi

Dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan Qatar hukmron oilasining vakili shayx Xalifa ibn Hamad Ol Soniy uylanishini ma’lum qildi. Bu haqda Emirates Women xabar berdi.

Qatar ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan shayx Xalifa Janubiy Kaliforniya universitetida jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. U dunyodagi eng yosh vazirlardan biri hisoblanadi.

Uning onasi o‘zining go‘zalligi va ayollar huquqlari uchun kurashi bilan dunyoga tanilgan afsonaviy shayxa Moza bintu Nosir, otasi esa Qatarning sobiq amiridir.

Shahzodaning rafiqasi — Al Vakrah futbol klubi menejerining qizi shayxa Fotima bintu Nosir ibn Hasan Ol Soniy bo‘lib, shaxsiy hayotini yashirin tutishni ma’qul ko‘radi.

Qirollik to‘yi ulkan miqyosdagi tadbirga aylanadi, unga butun dunyodan yuqori martabali shaxslar va qirollik oilalarining a’zolari tashrif buyuradi. Hashamatli ziyofat 6-dekabr kuni Al-Vajba saroyida bo‘lib o‘tadi, 7-dekabr kuni esa erkaklar uchun marosim o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51809 | Инструменты