Qaysi hayvonlar Marsda yashab keta oladi?

Insoniyat uzoq vaqtdan beri boshqa sayyoralarni o'zlashtirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun ular o'zlari bilan butun ekotizimni, shu jumladan hayvonlarni olib kelishlari kerak, deya xabar beradi mir24.tv.

Tirik mavjudotlar hayotiy vazifalarni bajarishi mumkin. Baliq va qisqichbaqalarni ko'paytirish astronavtlarni oziq-ovqat bilan ta'minlaydi, hasharotlar o'simliklarni changlatadi va tardigrad kabi mikroorganizmlar ilmiy tadqiqotlar uchun foydali bo'ladi.

Sietldagi Vashington universiteti astrobiologining ta'kidlashicha, Yerdan tashqaridagi murakkab ekotizimlar hali ham faol ilmiy tadqiqotlardan ko'ra ko'proq ilmiy fantastika bosqichida. Biroq, hamma turlar ham yerdan tashqari muhitga moslasha olmasligi aniq.

Shunday qilib, asosiy muammo tortishish kuchini kamaytirish bilan bog'liq. Marsda u Yerga nisbatan 1/3, Oyda esa 1/6 ga teng. Kerakli atmosfera tarkibi, harorat va bosimga ega sun'iy yashash muhitini yaratish mumkin, ammo olimlar tortishish kuchiga ta'sir qilish yo'lini hali topa olishmadi.

O'zgartirilgan tortishish kuchi mushaklar va suyaklarning to'g'ri rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun Marsda jonivorlar turolmaydi va yura olmaydi.

Mutaxassisning qayd etishicha, oddiy jonzotlar: hasharotlar yoki qisqichbaqasimonlar Mars sharoitlariga nisbatan chidamliroq bo'ladi. Chigirtkalar oqsil manbai sifatida ishlatilishi mumkin.

Tortishish kuchining kamayishi baliq va boshqa suv jonivorlariga ta'sir qilmaydi. Ekspert kichik akvariumlarda qisqichbaqalar etishtirish va ulardan akvaponika tizimining bir qismi sifatida foydalanishni taklif qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты