Sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi Qirg‘iziston Respublikasi uchun turli sohalarda kosmik ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochadi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yerlari, muzliklar, suv havzalari, o‘rmonlar va yaylovlarni monitoring qilish, shuningdek, tabiiy ekotizimlardagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi
Sadir Japarov AQShga tashrifi davomida Qirg‘iziston Respublikasining ilk milliy sun’iy yo‘ldoshini uchirish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbari idorasi maʼlumotiga koʻra, uchirish Kaliforniyadagi Vandenberg Harbiy-havo kuchlari bazasidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa-tashuvchisi yordamida amalga oshirilgan.
Sun'iy yo'ldosh yagona raketa-tashuvchi yordamida uchirilgan kosmik apparatlar guruhi tarkibida orbitaga chiqarildi. Uning uchirilishi Qirg'iziston va Birlashgan Arab Amirliklarining hamkorlikdagi sa'y-harakatlari natijasi bo'ldi. Sun'iy yo'ldosh Bishkekdagi boshqaruv markazidan turib boshqariladi.

Sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi Qirg‘iziston Respublikasi uchun turli sohalarda kosmik ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochadi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yerlari, muzliklar, suv havzalari, o‘rmonlar va yaylovlarni monitoring qilish, shuningdek, tabiiy ekotizimlardagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yer osti boyliklarini noqonuniy qazib olish holatlarini, ruxsat etilmagan chiqindixonalarni va ifloslanishning boshqa manbalarini aniqlash, shuningdek, logistika yo‘nalishlarini optimallashtirish uchun qo‘llaniladi.
Sun'iy yo'ldosh texnologiyalari tabiiy xavflarni kuzatish va ularni erta aniqlashda alohida muhim rol o'ynaydi. Olingan ma'lumotlar qurg'oqchilik, suv toshqinlari, ko'chkilar, sel oqimlari va o'rmon yong'inlari belgilarini tezroq aniqlash imkonini beradi, bu esa o'z navbatida o'z vaqtida chora ko'rish va ehtimoliy zararni kamaytirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Kelgusida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari hukumatning raqamli tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fazoviy xaritalar va tahliliy modellarni yaratishda foydalaniladi.
Bu hukumat tomonidan qarorlar qabul qilish, investitsiya rejalarini tuzish va davlat dasturlari ijrosini monitoring qilishda xolis ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi.
Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarining superkompyuter texnologiyalari imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilishi Qirg‘izistonning iqtisodiy va tabiiy resurslarini yanada aniq hamda samarali boshqarish uchun zamin yaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100314 | Инструменты