Huawei 1
Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov: "Bishkekda so‘nggi 10 yilda uylar qanday qurilganini faqat Xudo biladi"

"Barcha qurilish ishlari sifati toʻliq davlat nazoratida boʻladi, biz tartibsiz qurilishga yoʻl qoʻymaymiz", - dedi prezident Sadir Japarov Turkiyadagi zilzilalar oqibatlarini gapirar ekan.

U so‘nggi 10 yilda qurilgan ko‘p qavatli uylarning sifatini tanqid qildi.

"Agar biz uylarning sifati haqida gapiradigan bo'lsak, unda biz faqat Xudoga umid qilishimiz mumkin. So'nggi 10 yil ichida uylar qanday qurilganini faqat u biladi. Agar ular qulab tushsa, bu uylarda yashovchilarning hayoti qurilish kompaniyalari, Davlat qurilish qo‘mitasi arxitektorlari vijdonida", — dedi Sadir Japarov.

Unga ko‘ra, qurilish sohasi ustidan nazorat 2020-yildan boshlab kuchaytirilgan.

"Biz Davlat qurilishida islohot o‘tkazdik. Endi "yagona oyna" paydo bo'ladi. Bishkek meriyasi arxitekturani nazorat qiladi, ularga qurilishda tartibni tiklash topshirildi. Poytaxtda 74 ta ko‘p qavatli uy noqonuniy qurilgan, yer uchastkalari o‘zgartirilmagan. Besh yilga ijaraga olib, uy qurishdi. Odamlar hozir yashamoqda. Qizil chiziqdan tashqarida qurilgan uylar bor. Hamma qonuniylashtirishni talab qilmoqda. 

"Mayli, qonuniylashtiraylik, faqat sifat sizning vijdoningizda", - deymiz. Ular uni buzmoqchi edilar, lekin u yerda odamlar yashaydi. Odamlarning aybi nima? Ular sotib oldilar. Sobiq hokim va Gosstroy xodimlari korrupsiyalashgan", - deya ta'kidladi prezident. 

Ma'lumot o'rnida, 6-fevral kuni Turkiya janubidagi 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,8 magnitudali zilzila yuz bergan edi. Shuningdek, zilzila oqibatida mamlakatda vayron bo‘lgan binolar bilan bog‘liq ishlarda hibsga olinganlar 113 nafarga yetdi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121511 | Инструменты