Turkiyada zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolar bilan bog‘liq 8 kishini hibsga olingani, Rönesans Rezidans turar joy majmuasining bosh pudratchisi mamlakatni tark etmoqchi bo'lganida qo'lga olingani bo'yicha xabar bergandik.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning 10 ta provinsiyasida Adliya vazirligi buyrug‘i bilan zilzila bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limlari ochildi.
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktayning ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolar bo‘icha 131 nafar gumondor shaxs aniqlangan, ulardan biri hibsga olingan, yana 113 nafar kishini hibsga olish uchun order berilgan.
Anadolu agentligi, shuningdek, Turkiya xavfsizlik xizmatlari zilzila natijasida vayron bo‘lgan binolarni talon-taroj qilish va talon-taroj qilishda gumonlangan 40 nafarni qo‘lga olganini xabar qildi. Ulardan 11 ming dollar, 70 ming lira (3700 dollar), 20 ta mobil telefon, 8 ta noutbuk, 5 ta maishiy texnika, 6 ta to‘pponcha va 3 ta miltiq, shuningdek, zargarlik buyumlari va bank kartalari musodara qilingan.
Bundan tashqari, mamlakat atrof-muhit, urbanizasiya va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum 10 viloyatdagi 171 882 ta bino tekshirilganini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121514 | Инструменты