Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini tugatdi. O‘zbekistonlik sportchilarning chiqishiga Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov ajoyib nuqta qo‘yib berdi.
-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuridinov dast ko‘tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa ham, siltab ko‘tarish dasturida yuksak mahorat ko‘rsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilashga erishdi.
Shu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uchinchi bor ikki kurash bo‘yicha jahon chempionligiga erishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121514 | Инструменты