Huawei 1
Qirg'izistonda Kampirobod suv omborining O'zbekistonga o'tishiga qarshi chiqqan 22 nafar siyosatchilar hibsga olindi

Joriy yil 10-oktyabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegara chizig‘i bo‘yicha kelishuv shartlari ma’lum qilingandi. Unda Kampirobod (Andijon) suv ombori suvlari hududi — 4485 ga yer O‘zbekistonniki bo‘lib qolishi biroq uni ikki davlat birgalikda boshqarishi belgilangandi.

Bugun esa Qirg‘izistonda soyosatchilar va aholi bunga qarshi chiqmoqda. Ma'lum qilinishicha, suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 22 nafar faol va muxolifatchi siyosatchilar hibsga olindi.

Ular orasida parlament sobiq deputati Asiya Sasiqbayeva, Konstitusiyaviy sudning sobiq a’zosi Klara Sooronqulova, MSK sobiq a’zosi Gulnora Jo‘raboyeva, sobiq deputat Kubanichbek Qodirov, Qirg‘izistonning Malayziyadagi sobiq elchisi Azimbek Beknazarov, shuningdek, mamlakat maxsus xizmatlarining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebayev bor.

Qayd etilishicha, siyosatchilar va faollarga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining "Ommaviy tartibsizliklar" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston davlatiga vaqtincha rahbarlik qilgan, parlamentining sobiq spikeri Kanat Isayev ham ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanib, bir oy muddatga tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, shu kunlarda Qirg'izistonda aholidan elektr energiyasini tejash so'ralmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga