Qirol Charlz III Yelizaveta IIning 38 mlrd dollarlik boyligini meros qilib oldi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qirolichasi Yelizaveta II vafotidan so‘ng, yangi qirol Charlz III uning ko‘p milliard dollarlik mulkiga merosxo‘r bo‘ldi. Ushbu meros tarixiy mulklar va minglab dengiz jonivorlarini ham o‘z ichiga olgan.

Yelizaveta IIning shaxsiy boyligi kamida 370 million funt sterlingga baholanmoqda. Xususan, u san’at asarlari, zargarlik buyumlari, ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlarga ega edi. Charlz III ularning ko‘pchiligini meros qilib oldi.

Yangi qirol, shuningdek, 34,3 milliard dollarlik aktivlar va ko‘chmas mulkni, jumladan Bukingem saroyi, Kensington saroyini, shuningdek, London va Buyuk Britaniyaning turli mintaqalaridagi yer va mulkni o‘z ichiga olgan qirollik xoldinglarini ham nazorat qiladi. Ular keltirgan daromadning kamida 15 foizi qirollik oilasiga tushadi.

Lankaster va Kornuol gersogliklari qirolning mulki hisoblanadi. Rasmiy ravishda u butun dunyo bo‘ylab sayyohlar ko‘rish uchun kelgan tijorat ko‘chmas mulki va qadimiy qal’alar xarobalari bilan birga butun aholi punktlariga egalik qiladi. 2019-yilda Lankaster qirolichaga 20 million funt sterling daromad olib keldi va shahzoda Charlzga esa Kornuoll xuddi shuncha pul keltirdi.

Charlz III Lankaster gersogligi uchun soliq to‘lashdan qochadi, bu 750 million dollardan oshishi mumkin. U 1993-yilda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan kiritilgan, aktivlarni bir suverendan ikkinchisiga o‘tkazishga ruxsat beruvchi qoida tufayli pulni o‘zida saqlab qolishi mumkin bo‘ladi.

Yangi qirol, shuningdek, Britaniyada yashovchi 32 000 ga yaqin oqqushlar va noma’lum sondagi delfinlar, kitlar va baliqlarni ham meros qilib olgan.

Britaniya oqqushlari XII asrdan beri monarxning mulki hisoblangan. Shu tarzda ularni brakonyerlardan himoya qilishga harakat qilingan. 1324-yilda kitlar va delfinlar ham qirollik mulkiga aylandi. Bugungi kunda ham amalda bo‘lgan qonunga ko‘ra, Charlz III Britaniya orollaridan besh kilometr uzoqlikda qolib ketgan yoki tutilgan har qanday kit yoki delfinni o‘zlashtirish huquqiga ega. 2017-yilda Britaniya qirollik oilasi brendi taxminan 67 mlrd funtga baholangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41707 | Инструменты