Qirolicha Yelizaveta IIning nevarasidan hafsalasi pir bo’ldi
Shahzoda Garri rafiqasi Megan bilan qirollik oilasining majburiyatlarini boshqa hech qachon bajarmasliklarini yana bir bor ta’kidladilar. Bu haqda Bukingem saroyi ma’lum qildi.
Bundan xabar topgan qirolicha Yelizaveta II nevarasining qaroridan chuqur qayg’uda ekanini, ammo shunga qaramay u oilaning sevimli a'zosi bo'lib qolishini bildirdi.
2020 yilning yanvar oyida Sasseks gersogi va gersoginyasi oila bilan barcha aloqarlarni uzib Shimoliy Amerikaga ko’chib ketishini xabar qilgan edi.
Yakuniy qarordan so’ng esa Garri barcha harbiy unvonlardan maxrum bo’ladi. Shu bilan birga, juftlik hayot kechirishi uchun Britaniya byudjetidan ham ayriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112315 | Инструменты