Huawei 1
Qozog‘iston Hukumati iste’foga chiqdi

Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’foga chiqdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan qarorida aytiladi. 

"Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga muvofiq qaror qilaman: Qozog‘iston Respublikasi hukumati iste’fosini qabul qilsin. Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining vazifalari vaqtincha Alixan Asxanovich Smoilovga yuklansin. Hukumat aʼzolari yangi vazirlar mahkamasi tasdiqlanmaguncha oʻz vazifalarini bajarishda davom etadi", deyiladi hujjatda. 

Hozirda Smoilov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab turibdi. Avvalgi hukumat tarkibi o‘tgan yilning yanvar oyida parlament – respublika parlamentining quyi palatasiga saylovlardan so‘ng tasdiqlangan edi.  Shu bilan birga, Asqar Mamin Vazirlar Mahkamasi rahbari etib qayta tayinlandi. U bu lavozimda 2019 yilning fevral oyidan beri ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Qosim-Jo‘mart Tokayev suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishlari ortidan Olmaota va Mang‘istau viloyatida favqulodda holat e’lon qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102004 | Инструменты