Huawei 1
Qozog‘iston o‘zining messenjerini ishga tushirmoqchi

Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev messenjerlarning mahalliy analoglari ishlab chiqilayotganini aytdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Vazirdan WhatsApp va Telegram’ning mahalliy analogi ishlab chiqilishi ehtimoli so‘raldi.

“Sizni ishontirib aytamanki, bugungi kunda startaplar hamjamiyati shu kabi loyihalar ustida ishlamoqda. Ularni kuzatib, qo‘llab-quvvatlamoqdamiz. Ertami-kechmi, bunga guvoh bo‘lamiz, deb o‘ylayman. Muddatlarni aytmayman, chunki ertaga — shu sanaga qadar shu startapga va’da bergan edingiz, deysiz. Lekin bu bozor. Bilasizmi, WhatsApp va Telegram dastlabki ishga tushirilgan paytlar ular zararga ishlagan, bu juda katta pul edi. Hattoki hozir ham bu ular uchun foydali biznesligi haqida ishonch bilan ayta olmayman”, — dedi u.

Vazirga ko‘ra, WhatsApp’da pul ishlash uchun hech qanday reklama yo‘q. Messenjer esa boshqa mahsulotlar tomonidan subsidiyalanadi.

“Shunday startapni topish, shunday biznes-modelni qurish va messenjer pul olib kelishi oson ish emas. Bu, albatta, zararga kiruvchi faoliyat. Keling, sabrimizni jamlaylik, ehtimol bizning daho startapchilarimiz nimadir o‘ylab topar”, — dedi Jaslan Madiyev.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62722 | Инструменты