Qozog‘iston regulyatori Toncoin kriptovalyutasi bilan savdo qilishni ma’qulladi

Qozog‘iston moliya bozorini tartibga soluvchi organi Toncoin raqamli aktivini litsenziyalangan savdo uchun tasdiqladi, deb xabar berdi Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC) matbuot xizmati.

Qaror Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi (AFSA) tomonidan "Toncoinning belgilangan standartlarga muvofiqligini har tomonlama ko'rib chiqish" natijasida qabul qilindi. AFSA AIFCda moliyaviy xizmatlarni nazorat qilish uchun tashkil etilgan mustaqil tartibga soluvchi organdir.

Endi investorlar Toncoin kriptovalyutasini AFSA litsenziyasiga ega platformalarda erkin savdo qilishlari mumkin.

Toncoinning AIFC tomonidan tartibga solinadigan muhitga qo'shilishi xavfsiz va shaffof savdo imkoniyatlarini izlayotgan institutsional va chakana investorlarning yangi to'lqinini jalb qilishi kutilmoqda. Bu qaror Pavel Durovning Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida qabul qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70411 | Инструменты