Qozog‘iston hukumati o‘z hududidan temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali benzin va dizel yoqilg‘isini uchinchi davlatlarga, jumladan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOI) mamlakatlariga eksport qilishni taqiqladi.
29 yanvardagi «Qozog‘iston Respublikasi hududidan neft mahsulotlarini eksport qilishning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi qaror bilan ichki bozorda xomashyo taqchilligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, xomashyoni temir yo‘l orqali olib chiqishni taqiqlash 2025 yilning 1 fevralidan 29 martigacha amal qiladi. Biroq, bu rejalashtirilgan yetkazib berish bo‘yicha, shuningdek tabiiy ofatlar, avariyalar yoki falokatlarning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida ko‘rsatiladigan insonparvarlik yordami doirasida amalga oshirilayotgan neft mahsulotlarini eksport qilishga tatbiq etilmaydi.
2024 yil 29 sentabrdan avtomobil yo‘lida respublikadan benzin va dizel yoqilg‘isi olib chiqishga taqiq joriy qilingan edi. Faqat moylash materiallari va transport vositalari bakidagi yoqilg‘i, tadqiqot maqsadlari uchun aviatsiya kerosini, insonparvarlik yordami doirasida yetkazib beriladigan neft mahsulotlari istisno qilindi. Taqiq 29 martgacha amal qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты