Huawei 1
Qozog‘istonda “Vagner” ramzlari va “Z”,“V” belgilarini taqiqlash taklif qilinmoqda

Qozog‘istonda etnosiyosatlashtirilgan ramzlarni sotish, tarqatish va foydalanishni qonunchilik bilan taqiqlash taklif qilinmoqda, deya yozmoqda “Zakon.kz” nashri.

Qayd etilishicha, davlat organlari tomonidan Bosh prokuratura ishtirokida savdo tarmoqlarida etnosiyosiy timsollar tushirilgan tovarlar tarqalishining oldini olish maqsadida qonuniy asoslar ishlab chiqilmoqda. Bunday timsollarga misol tariqasida “Vagner”, “Kurd ishchilar partiyasi” va “Sharqiy Turkiston” kabi tashkilotlarning belgilari keltirilmoqda.

"Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, turli etnik guruhlarning alohida vakillari jamoat maydonida etnik ramzlarni, shu jumladan tarixiy kelib chiqqan mamlakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan belgilarni namoyish etadilar. Shunday qilib, 2022-yilda Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanishi munosabati bilan Qozog‘istonda kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, “Z” yoki “V” belgilari bo‘lgan transport vositalari namoyishi tez-tez uchradi. Chakana savdo tarmoqlarida turli nomlar ostida, xususan, “Rossiya armiyasi”, “Odobli odamlar” kabi o‘yinchoq mahsulotlarini sotish va reklama qilish holatlari mavjud bo‘lib, bu jamiyatda turlicha reaksiyaga sabab bo‘ldi", - deydi Semey prokuraturasining jamoat manfaatlarini himoya qilish bo‘limi prokurori Kuat Bapinov.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi hukumatga qurolli to‘qnashuvlarda, boshqa davlatlarning suvereniteti va siyosiy rejimiga qarshi harbiy yoki boshqa zo‘ravonlik harakatlarida urishayotganlar tomonidan qo‘llaniladigan atributlar, ramzlar, belgilarni tayyorlash, saqlash, olib kirish, tashish va mamlakatga tarqatishni qonuniy ravishda taqiqlash hamda ma’muriy javobgarlik belgilash bo‘yicha taklif yuborgan.

“Qozog‘iston Respublikasi hududida tarqatilishi va qo‘llanilishi taqiqlangan etnosiyosatlashtirilgan ramzlarni va mahsulotlar sotish taqiqini qonun normasiga kiritish masalasini davlat nazoratiga olish vakolatli organ – Savdo va integratsiya vazirligiga topshirish taklif qilinmoqda”, -  deydi “Atameken” tadbirkorlar palatasi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61309 | Инструменты