Qrim Ukrainaga qaytarilishi kerak — Erdog'an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on onlayn tarzda o‘tgan Qrim platformasi ikkinchi sammitida Qrim Ukrainaga qaytarilishi kerakligini ta'kidladi.
"Biz Qrimning bosib olinishini noqonuniy, konstitutsiyaga zid deb hisoblaymiz. Bu ma'naviy va huquqiy nuqtai nazardan bizning prinsipial pozitsiyamiz. Xalqaro huquq Qrimni Ukrainaga qaytarishni talab qiladi. Bu butun mintaqa va global xavfsizlik tizimi uchun muhim", - deya ta'kidladi u.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, qrim tatarlari Ukraina fuqarolari va Qrim ularning manfaatlaridan kelib chiqib rivojlanishi kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha, “Qrim platformasi” o‘ta muhim ahamiyatga ega va “o‘z tarixida katta azob-uqubatlarni boshdan kechirgan qrim-tatarlar o‘z vatanlarida tinch hayot uchun kurashmoqda”.
“Bu jarayonda Turkiya Ukraina hukumati va Qrim tatarlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda”, — dedi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, Turkiya prezidenti urush Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti asosida adolatli tinchlik bilan yakunlanishi kerakligini ta’kidladi.
Avvalroq, AQSH ma’muriyati Qrimni Ukrainaning bir qismi deb hisoblashini, shu sababli u Kiyevni butun "Ukraina hududi"ni himoya qilish uchun razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlashini xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51122 | Инструменты