Ramazon 2021: Dunyo bo'yicha eng uzun va eng qisqa vaqt ro'za tutadigan mamlakatlar ma'lum qilindi
Bu yil muqaddas Ramazon oyi 13-aprel, seshanba kunidan boshlanadi. Al Jazeera veb-saytining xabar berishicha, Quyosh chiqishidan quyosh botguncha dunyoning qaysi joyida bo'lishingizga qarab ro'za tutish davri 10 dan 21 soatgacha davom etadi.
Ramazon har yili avvalgi yilga nisbatan 10-12 kun oldin boshlanadi. Chunki Islom taqvimi hijriy oy taqvimi asosida 29-30 kunlik oylar bilan tuzilgan. Keyingi safar Ramazon oyi 13 aprelda boshlanishi uchun taxminan 33 yil o'tishi kerak bo'ladi.
Yorug‘lik soatining miqdori har bir mamlakatda farq qiladi. Chili yoki Yangi Zelandiya kabi dunyoning eng janubiy mamlakatlarida yashovchi musulmonlar o‘rtacha 11 soat, Islandiya yoki Norvegiya singari shimoliy mamlakatlarda yashovchi musulmonlar 18 soatdan ko‘proq ro‘za tutishadi.
Shimoliy yarim sharda yashovchi musulmonlar uchun ro‘za vaqti bu yil biroz qisqaroq bo‘ladi va 2032 yilgacha kamayib boraveradi. Ekvatorning janubida yashovchi musulmonlar uchun esa aksincha.
Quyida dunyoning ba’zi mamlakatlarida ro‘za tutish vaqti keltirilgan:

- Norvegiyaning uzoq shimoliy shaharlarida, masalan, 20 apreldan 22 avgustgacha quyosh botmaydigan Longearben shahrida yashovchi musulmonlar eng yaqin musulmon mamlakati taqvimida ishlaydi.
- Novk, Grenlandiya: 19-20 soat.
- Reykjavik, Islandiya: 19-20 soat.
- Xelsinki, Finlyandiya: 18-19 soat
- Stokgolm, Shvesiya: 17-18 soat
- Glazgo, Shotlandiya: 17-18 soat
- Oslo, Norvegiya: 17-18 soat
- Kopengagen, Daniya: 17-18 soat
- Moskva, Rossiya: 17-18 soat
- Berlin, Germaniya: 16-17 soat
-Amsterdam, Gollandiya: 16-17 soat
- Varshava, Polsha: 16-17 soat
- London, Angliya: 16-17 soat
- Parij, Fransiya: 16-17 soat
- Nur-Sulton, Qozog‘iston: 16-17 soat
- Bryussel, Belgiya: 16-17 soat
- Ottava, Kanada: 15-16 soat.
- Sofiya, Bolgariya: 15-16 soat
- Rim, Italiya: 15-16 soat
- Madrid, Ispaniya: 15-16 soat
- Pekin, Xitoy: 15-16 soat
- Vashington, AQSH: 15-16 soat.
- Pxenyan, Shimoliy Koreya: 15-16 soat.
- Anqara, Turkiya: 15-16 soat
- Rabot, Marokash: 14-15 soat
- Tokio, Yaponiya: 14-15 soat
- Islomobod, Pokiston: 14-15 soat
- Tehron, Eron: 14-15 soat
Bag‘dod, Iroq: 14-15 soat
- Beyrut, Livan: 14-15 soat
Damashq, Suriya: 14-15 soat
- Qohira, Misr: 14-15 soat
Quddus: 14-15 soat
Quvayt shahri, Quvayt: 14-15 soat
- Gʻazo, Falastin: 14-15 soat
- Dehli, Hindiston: 14-15 soat
- Gonkong: 14-15 soat
Dakka, Bangladesh: 14-15 soat
Muskat, Ummon: 14-15 soat
- Kobul, Afg‘oniston: 14-15 soat
- Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni: 14-15 soat
- Doha, Qatar: 14-15 soat
- Dubay, BAA: 14-15 soat
- Adan, Yaman: 13-14 soat
- Addis-Ababa, Efiopiya: 13-14 soat.
- Yoxannesburg, Janubiy Afrika: 11-12.
- Buyenos-Ayres, Argentina: 11-12 soat.
Paragvay: 11-12 soat
Keyptaun, Janubiy Afrika: 11-12 soat
- Montevideo, Urugvay: 11-12 soat
- Kanberra, Avstraliya: 11-12 soat
- Portu-Monte, Chili: 23-12 soat
- Kraystcherch, Yangi Zelandiya: 11-12 soat
Alpha version: 0.9.1.19 build 51702 | Инструменты