Huawei 1
Diyora Keldiyorova: Qaysidir sohada natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘sha sohani sevishingiz kerak

Parij Olimpiadasining dzyudo bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan va O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiada o‘yinlarida 1-oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorovaning sport faoliyatini erta yakunlanmasdan, davom etishiga buvisi sababchi bo‘lgan. Bu haqda Keldiyorovaning o‘zi UNESCO tashkilotiga bergan intervyusida aytdi.

“Sportga 6 yoshimda kirib kelganman. Faoliyatim boshlanishiga buvim sababchi bo‘lgan, chunki buvimning o‘zi yoshligida kurash bilan shug‘ullangan, biroq mentalitet sabab karyerasini davom ettirmagan. Keyinchalik esa nevaralarini, ya’ni men va singlimni sport to‘garagiga bergan. Biz esa sport faoliyatimizni tugatmasdan, davom ettirganmiz”, deydi Keldiyorova.

Shuningdek, Diyora 15-16 yosh vaqtida uning tanishlari buvisiga kelib, Keldiyorovaning sport faoliyatini tugatishini so‘ragan va boshqa qizlarga o‘xshab tikish-bichish va ovqat qilishni o‘rganib, oila qurishini taklif qilgan.

“O‘shanda buvim bizni qo‘llab-quvvatlab, hayotimizni arziydigan ishga sarflashimizni bildirgan. Qachonki ayol ayolga yordam bersa, juda katta kuch hosil bo‘ladi va kuch bilan istalgan natijaga erishish mumkin. Qaysidir sohada natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘sha sohani sevishingiz kerak”, deydi Olimpiada chempioni.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92321 | Инструменты