Huawei 1
Birjada 3 106,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, shakar, sheluxa va polietilen narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 16 - 22 - sentabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 106,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 6,4% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,3% birja savdolariga, qolgan 19,7% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 756,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 171,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 6 000 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 27,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 493,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shakar

Birja savdolariga 14 007,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 284,0 tonnasi, yaʼni 2,0% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 6 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 306,3 ming so‘mdan 12 264,7 ming so‘mgacha pasaygan.

Sheluxa

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 8 058,0 tonna paxta chigiti sheluxasi qo‘yildi va uning 3 812,0 tonnasi, yaʼni 47,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 7 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 998,3 ming so‘mdan 1 838,2 ming so‘mgacha pasaydi. Sheluxaning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi  762,0 tonnani tashkil qildi.

Polietilen

O‘tgan haftada birja savdolariga 3 055,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 611,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 17 159,8 ming so‘mdan 17 005,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 86 ta xaridor ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92321 | Инструменты