Huawei 1
O'zbekiston Fransiya bilan sayyohlik sohasidagi aloqalarni jadallashtirishni muhokama qildi

"IFTM Top Resa" xalqaro turizm ko'rgazmasida ishtirok etish maqsadida Parijda bo'lib turgan Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev Fransiya senati a'zosi Jan-Batist Lemuan bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot avvalida O'zbekiston-Fransiya parlamentlararo hamkorligining holati va istiqbollari, turizm sohasidagi aloqalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. 

 Fransiya vakiliga O'zbekistonda joriy yil 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovi  bo'lib o'tishi ma'lum qilindi.

 Senator Fransiya Tashqi ishlar vazirligida davlat kotibi lavozimida ishlagan davrda O'zbekistonga buyurgan tashrifni iliq isga oldi. U Fransiya O'zbekistonning yaqin do'st mamlakat deb hisoblashini va har tomonlama aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Fransiya tomoni, shuningdek, turizm sohasida O'zbekiston yutuqlarini yuksak baholadi. Uning aytishicha, ushbu yo'nalishda respublika ulkan salohiyatga ega. Shu bois, u senator sifatida ikki davlat turizm tashkilotlarini hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

 "Biz O'zbekiston delegatsiyasini Fransiyadagi eng yirik xalqaro sayyohlik ko'rgazmasi  – "IFTM Top Resa"da ko'rishdan mamnunmiz, – dedi senator. – Bu juda muhim, chunki men ko'p vaqtimni O'zbekiston turizm tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashga bag'ishlaganman. O'zbekiston chindan ham asosiy sayyohlik maskani. Mamlakatda ko'plab ajoyib joylar, tarixiy obidalar va tabiiy landshaftlar mavjud. Mamlakatda turizmning turli turlari, jumladan, madaniy, tog' va ekoturizm rivojlangan. Lekin eng muhimi, xorijlik sayyohlar o'zbek xalqining mehmondo'stligidan hayratda. Bir so'z bilan aytganda, biz xursandmiz va O'zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92321 | Инструменты