Huawei 1
Rossiya 2 mingdan ortiq noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuboradi

Moskvada o‘tkazilgan “Nelegal-2024” operatsiyasining ikkinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan ikki mingdan ortiq muhojirlar chiqarib yuboriladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Sud organlari tomonidan administrativ materiallarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chet el fuqarolarini Rossiyadan administrativ tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risida ikki mingdan ortiq qaror, chet el fuqarolarini deportatsiya qilish to‘g‘risida 20 ta qaror chiqarildi, 12 nafar shaxs deportatsiya qilindi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, politsiya xodimlari migratsiya qonunchiligini 13 mingdan ortiq buzish holatini aniqlagan. Noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha 420 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Nelegal-2024” — Rossiyada noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor-profilaktika tadbirlar. Birinchi bosqich Rossiyada iyun oyida bo‘lib o‘tgan, o‘shanda IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta ichida migratsiya sohasida 50 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan, qariyb 9 ming xorijlik mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101818 | Инструменты