Huawei 1
Rossiya asirlikda halok bo‘lgan jurnalist qizning jasadini haligacha Ukrainaga qaytarmadi

Rossiya bir necha kun oldin harbiy asirlarning oxirgi almashinuvi doirasida jurnalist Viktoriya Roshchinaning jasadini Ukrainaga topshirmadi. Bu haqda 20 oktyabr, yakshanba kuni «Suspilne» nashriga Ukraina harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab vakili Petro Yatsenko ma’lum qildi.

«18-kuni Viktoriyaning jasadi repatriatsiya doirasida topshirilmadi. Muvofiqlashtirish shtabi barchani qiziqtirgan savollarga javob olish uchun bor imkoniyatlarni ishga solmoqda», - dedi Yatsenko. Uning qo‘shimcha qilishicha, Roshchinaning jasadini qaytarish «to‘liq qarama-qarshi tomonga bog‘liq».

Muvofiqlashtiruvchi shtab vakili, shuningdek, Roshchinaning jasadini topshirishning kechikishini Rossiya tomoni «ehtimoliy jinoyat izlarini» yashirishga urinayotgani bilan izohlash mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, jurnalistning o‘limi sabablari, xususan, qiynoqlar ehtimoli haqida gapirishga hali erta, dedi Yatsenko.

Ukrainalik jurnalist qiz Rossiya asirligida vafot etdi

2023 yil avgust oyida bosib olingan hududda g‘oyib bo‘lgan, keyin esa Rossiya Federatsiyasida garovda ushlab turilgan ukrainalik mustaqil jurnalist Viktoriya Roshchina vafot etdi. Bu ma’lumotni 10 oktyabr kuni Harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab spikeri Petr Yatsenko tasdiqladi.

«Afsuski, Viktoriyaning o‘limi haqidagi ma’lumot tasdiqlandi va biz uchun bu juda qayg‘uli xabar, uning o‘limi holatlari haqida gapirishga hali erta», — dedi u «Yedinyye novosti» milliy telemarafon efirida.

Avvalroq jurnalistning oilasiga Rossiya Mudofaa vazirligidan uning 19 sentabr kuni – Taganrogdan Moskvaga olib ketilayotgani vafot etgani haqida xat kelgan.

6 oktyabr kuni Roshchina 28 yoshga to‘lgan bo‘lardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102120 | Инструменты