Huawei 1
Rossiya Qozog‘iston donini import qilishni taqiqladi

Qozog‘iston bug‘doyi, yasmiq, zig‘ir urug‘i va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya hududiga olib kirish taqiqlandi. Bu haqda “Rosselxoznadzor” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vaqtinchalik cheklov 17-oktyabrdan boshlab kuchga kirgan. Ammo don tranziti bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno. Bundan tashqari, Rossiya qovun, pomidor, qalampir, kungaboqar urug‘larini ekish uchun uchinchi davlatlardan olib kirishni taqiqlamoqda.

Hujjatda qaror qachongacha amal qilishi haqida ma’lumot berilmagan. Avvalroq 23-sentyabrdan boshlab Rossiya o‘z hududi orqali Qozog‘iston doni va bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tranzitiga bir tomonlama cheklovlar kiritgani xabar qilingandi.

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, karantin ostidagi mahsulotlarini qaytarish bilan bog‘liq vaziyatni hal etish maqsadida 8-oktyabr kuni “Rosselxoznadzor” bilan muzokaralar o‘tkazilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101817 | Инструменты