Huawei 1
Rossiyada amaldorlarni internetda haqorat qilganlar 2 yilga qamalishi mumkin

Rossiyada internet yoki ommaviy axborot vositalarida hokimiyat vakilini oshkora haqorat qilganlar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

RF Jinoyat kodeksining 319-moddasiga o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida yoki u bilan bog‘liq holda hokimiyat vakilini oshkora haqorat qilganlik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Uni Davlat dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Vasiliy Piskaryev tayyorlagan.

Hozircha bu jinoyat uchun 40 ming rublgacha jarima, 360 soatgacha majburiy mehnat yoki 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilangan. Jarima miqdorini 80 ming rublgacha 2 baravar ko‘paytirishmoqchi, majburiy mehnatning maksimal muddatini esa 460 soatgacha, axloq tuzatish ishlari muddatini esa 2 yilgacha oshirishmoqchi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, internet tarmog‘ida yoki ommaviy axborot vositalarida sodir etilgan xuddi shunday jinoyatlar uchun jazo tayinlash haqidagi moddaga yangi norma kiritiladi. Bu vaziyatda aybdor 3 yilgacha muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilgan holda 1 million rublgacha jarimaga tortiladi.

Shuningdek, ular 480 soatgacha majburiy jamoat ishlariga, ikki yilgacha majburiy mehnatga yuborilishi mumkin. Maksimal jazo sifatida 2 yilgacha ozodlikdan cheklash taklif etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92421 | Инструменты