Huawei 1
Rossiyada keyingi o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik joriy etiladi

Rossiya Federatsiyasi taʼlim vaziri Sergey Kravtsov, kelgusi oʻquv yilidan boshlab maktablarda boshlangʻich harbiy tayyorgarlik kursijoriy qilinishini e'lon qildi.

“Kurs hozir tayyorlanmoqda, 1-yanvargacha tayyorlashda davom etamiz. Keyin sinovdan o‘tkaziladi, kelgusi yildan maktablar undan foydalanishi mumkin”, dedi u.

Qayd etilishicha, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik o‘rta maktab o‘quvchilari dasturiga hayot xavfsizligi faniga oid ikkita yangi modul kiritiladi. Ular allaqachon asosiy umumiy ta’lim dasturi loyihasiga kiritilgan.‌‌

O‘quvchilar jangovar tayyorgarlik, shaxsiy himoya vositalari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, qurollar va ular bilan ishlash usullari, o‘q otish asoslari, qo‘l granatalarini qo‘llash va tayyorlashni o‘rganadilar. 

Bundan tashqari, yuqori sinf o‘quvchilari zamonaviy qo‘shma qurolli janglarda qanday harakat qilish, piyodalar jangovar transport vositasida motoo‘qchi otryadining tarkibi va qurollanishi, askar pozisiyasining muhandislik jihozlarini o‘rganadi.

Bir necha senator va Davlat Dumasining deputatlari boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni maktab ta’limiga qaytarishni taklif qilishgan. Shuninigdek, "Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun" rahbari Sergey Mironov bu bo‘yicha Ta’lim va Mudofaa vazirligiga murojaat qildi. 

Harbiy kafedra ushbu tashabbusning dolzarbligini ta’kidlagan va uni qo‘llab-quvvatlagan. Mudofaa vazirligi so‘nggi ikki o‘quv yilida fanni o‘rganishga kamida 140 soat vaqt ajratishni maqsadga muvofiq deb bilishini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20710 | Инструменты