Joriy yilning 5-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank “Toshkent” Respublika fond birjasiga a’zo bo‘ldi. Bu bankka birja savdolarida faol ishtirok etish imkoniyatini bersa, mijozlari uchun fond bozori vositalaridan foydalanish va uzoq muddatli kapitalni jalb qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
2024-yil 20-dekabr kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan uchrashuvida mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish zarurligi ta’kidlandi. Bank kreditlari bilan cheklanib qolmasdan, xalqaro standartlarga mos ravishda mustaqil moliyalashtirish usullarini kengaytirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilandi.
O‘zsanoatqurilishbankning “Toshkent” Respublika fond birjasiga a’zo bo‘lgani uning tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarining yana bir mahsulidir.
Xususan, a’zolik nafaqat Bankka birja savdolarida faol ishtirok etish, balki, mijozlar uchun fond bozori vositalaridan foydalanish va uzoq muddatli kapitalni jalb qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
Bu borada Bank tomonidan tashkil etilgan Investitsion banking departamenti mahalliy va xalqaro kapital bozorlariga chiqishni maqsad qilgan tadbirkorlarga konsalting va moliyaviy xizmatlari bilan har tomonlama ko‘maklashadi. Jumladan, IPO va obligatsiya chiqarish, ESG reytinglarini olish, xalqaro standartlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash kabi masalalarda biznes vakillariga yordam ko‘rsatiladi.
Qayd etish joiz, O‘zsanoatqurilishbank so‘nggi yillarda xalqaro moliyaviy tizimlarga integratsiyalashish yo‘nalishida faoliyat yuritib, London fond birjasida ham o‘z obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Bankning fond birjasiga a’zo bo‘lishi ushbu tajribalarni mahalliy bozorga tadbiq qilish va tadbirkorlar uchun yangi investitsiya imkoniyatlarini ochishda muhim qadam hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20712 | Инструменты