Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti tadqiqotchilari Vladikavkazni Rossiyaning eng xavfsiz shahri deb topdilar. Bu haqda “15th Region” yozmoqda.
Mukofotni shahar meri Vyacheslav Mildzixovga Rossiya Prezidentining Markaziy federal okrugdagi vakolatli vakili Igor Shchegolev va universitet rektori Stanislav Prokofyev topshirdi.
Mildzixov ushbu mukofotni muhim va jiddiy deb atadi va bu kelajakda mintaqa taraqqiyoti va yuksalishi uchun rag‘bat ekanligini ta’kidladi. Shahar hokimiyatining vazifasi esa uning xavfsiz, qulay va farovon bo‘lib qolishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdir, deya xulosa qildi u.
Hayot sifati bo'yicha mukofot laureatlari orasida Vladikavkaz birinchilik uchun Moskva, Qozon, Sankt-Peterburg va Sochi bilan raqobatlashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112818 | Инструменты