Huawei 1
Alimentdan qochib yurgan ota qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 2 nafar  farzandlariga 75,4 mln so‘m aliment to‘lashdan qochib yurgan otaga qidiruv e’lon qilingan edi.

Mazkur ijro yuzasidan Qo‘qon shahar bo‘limi davlat ijrochilari bilan hamkorlikda sobiq xotini N.S. hiyla ishlatdi: qarzdor eriga telefon qilib, farzandi og‘ir holatda ekanligi  va unga qon quyish kerakligini, ammo unga faqat otasining qoni tushishini aytdi.

Fuqaro D.A. shunda ham pul yo‘qligini va u Toshkentda ekanligini, hattoki yetib borishga yo‘l kirasi yo‘qligini vaj qiladi.

Shunda davlat ijrochilari  Toshkentda  qarzdorning  manziliga uni olib kelishi uchun mashina jo‘natishadi. U to‘g‘ri qon quyish markaziga keltirilgan va zudlik bilan qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan otaga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112519 | Инструменты