Afg‘onistonning ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sirojiddin Haqqoniy mamlakat shariat qonunlariga va islomiy tamoyillarga zid bo‘lmagan davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishni xohlashini aytdi. Bu haqda Ariana News xabar berdi.
Haqqoniy Afg‘oniston hukumati dunyo bilan hamkorlikka emas, balki mustamlakachilikka qarshi ekanini ta’kidladi. U “Tolibon” hech kimga mamlakatdagi diniy qonunlarni buzishga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.
Agar biz munosabatlar va hamkorlikni istasak, bu tamoyillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Dunyo o‘zaro hamkorlik qilayotganidek, biz ham ushbu muloqotning bir qismi bo‘lishni xohlaymiz, chunki manfaatlarimiz va ehtiyojlarimiz savdo hamda boshqa masalalarga bog‘liq, dedi Haqqoniy.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112908 | Инструменты