Huawei 1
Samsung smartfonlar bozorida Appleʼni ortda qoldirdi

Apple smartfonlar bozoridagi yetakchilikni Samsungʼga boy berdi, deb xabar bermoqda Reuters nashri.

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning dastlabki uch oyida iPhone sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga kamaydi. Kompaniya 50,1 million dona smartfon sotgan va uning bozordagi ulushi 17,3 foizni tashkil qilgan.

Samsung kompaniyasining shu davrdagi sotuvi 60,1 million donani tashkil etib, 0,7 foizga kamaygan va bozor ulushi 20,8 foizni tashkil etgan. Kompaniyaning muvaffaqiyati 2024 yil boshida flagman Galaxy S24 modelining chiqarilishi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvar-mart oylarida Samsung‘ning ulushi 19,4 foizni, Appleʼning ulushi 20,1 foizni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga