Saudiya Arabistonida kuchli yomg‘irlar tufayli bir necha shaharlarda suv toshqinlari yuz berdi.
Jumladan, mamlakatning iqtisodiy poytaxti deb atalgan Jidda shahrida yomg‘irlar tufayli ko‘chalarni suv bosdi, shuningdek, shaharlar orasidagi yo‘llar buzildi. To‘fon Makka va Madinaga ham zarar yetkazdi, deb yozdi Saudi Gazette.
Khaleej Times tomonidan e’lon qilingan videolarda Makkadagi ziyoratchilar kuchli jala ostida qolgani ko‘rinadi.
Meteorologlar mamlakatning ayrim hududlarida chorshanbagacha kuchli yomg‘irlar davom etishi haqida ogohlantirmoqda.
Saudiya Arabistonida qishda yog‘ingarchilik juda kam uchraydi. Avvalroq mamlakatda kuchli yomg‘ir 2024 yil aprel oyida bo‘lgan, shunda Ummon va BAA ham yomon ob-havodan jabrlangan edi. Ta’kidlanishicha, Fors ko‘rfazining ko‘plab shaharlaridagi drenaj tizimi yuklamani ko‘tara olmagan, chunki yog‘ingarchilikning bunday darajasi uchun mo‘ljallanmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10817 | Инструменты