Huawei 1
Sergey Shoygu: Rossiyadagi jinoyatlarning 2 foizini migrantlar sodir qilgan

Rossiyada migrantlar mamlakatdagi umumiy jinoyatlarning taxminan 2 foizini sodir etadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu TASS nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“O‘tgan yil oxiridagi holatga ko‘ra, Rossiyada 6,3 million, 2023 yilda esa 5,9 million chet el fuqarosi bo‘lgan. Shu bilan birga, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni deyarli o‘zgarmagan va 38,6 mingtani tashkil etgan. Bu mamlakatda ro‘yxatga olingan jami jinoyatlarning taxminan 2 foizini tashkil etadi”, degan Xavfsizlik kengashi kotibi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasida qonuniy yashash muddatini o‘tab bo‘lgan shaxslarning ulushi 10 foizdan oshgan. Chet el fuqarolariga nisbatan 3,4 mln ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilgan.

“Sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan 1,5 mingga yaqin kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum etildi”, deya qo‘shimcha qilgan Shoygu.

Xavfsizlik kengashi kotibi, shuningdek, mamlakatdagi jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatga batafsil izoh bergan.

“Jamoat xavfsizligini mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar jinoiy xatti-harakatlar darajasini pasaytirishga yordam beradi. 2024 yilda 1,9 million jinoyat qayd etilgan. 2023 yilga nisbatan pasayish 1,8 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, bizda jinoyatchilik darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘p yillik barqaror tendensiya shakllangan”, degan u o‘z intervyusida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42812 | Инструменты