Huawei 1
Shimoliy Koreya pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta chegaralarni ochishga tayyorlanmoqda

Bugun, 16-avgust kuni ichida odamlari bo'lgan ikkita avtobus KXDRdan qo'shni Xitoyga yo'l oldi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi.

Ma'lumotlarga ko’ra, Shimoliy Koreya tomonidan ikki davlat chegarasi uch yilu yetti oy ichida birinchi marta kesib o'tildi, bu mamlakatning chegaralarni ochishga tayyorlanayotganidan dalolat berishi mumkin.

Agentlikning ta’kidlashicha, avtobuslarda taekvondo terma jamoasi a’zolari bo’lganligi tahmin qilinmoqda. Ular 18-27-avgust kunlari Qozog’istonda bo’lib o’tadigan jahon chempionatida ishtirok etishlari kerak.

Avtobuslar Amnokkan daryosi orqali Sinuyju hududidan Dandong shahrigacha bo‘lgan ko‘prik orqali chegarani kesib o’tgan.

Shimoliy Koreyaning Pekinda joylashgan Koryo Tours sayyohlik agentligi 11 avgust kuni KXDR tez orada chegaralarini qisman ochishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Taxminlarga ko’ra, Shimoliy Koreya hukumati koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri birinch marta mamlakatdan tashqarida bo’lgan o’z fuqarolariga unga kirishga ruxsat berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, COVID-19 infeksiyasining birinchi holatlari KXDR hukumati tomonidan 2022-yil aprelida e'lon qilingan edi. Mamlakat yetakchisi Kim Chen In virus tarqalishini respublika tarixidagi eng katta zarba deb atagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52901 | Инструменты