Shvetsiya hukumati va uni qo‘llab-quvvatlovchi «Shvetsiya demokratlari» partiyasi boshpana taqdim etish qoidalarini kuchaytiradigan qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda migratsiya masalalari bo‘yicha vazir Yuxan Forsel ma’lum qildi.
Yangi taklifga ko‘ra, rad javobini olgan shaxslar boshpana taqdim etilishini so‘rab faqat besh yildan keyin qayta ariza berishlari mumkin. Bu vaqt davomida ular qirollik hududida qolishlari mumkin emas.
«Ushbu takliflar boshpana taqdim etish rad etilgan shaxslarning vataniga qaytishini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. Biz, shuningdek, bu boshpana olish uchun asossiz arizalar sonini qisqartirishiga umid qilyapmiz», — deydi Forsel.
Qonunchilikka kiritiladigan qo‘shimchalar 2025 yil 1 apreldan kuchga kirishi kutilmoqda.
«Rad etilganidan keyin belgilangan muddat tugashi va ishni qayta ko‘rish maqsadida yana ariza topshirish uchun Shvetsiyada noqonuniy ravishda qolish rag‘bati bo‘lmaydi», — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121813 | Инструменты