Huawei 1
Shveysariya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o'tishga qarshi kurashni kuchaytiradi

Shveysariya Ukraina bilan urush tufayli Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinayotgan kompaniyalar va shaxslarga qarshi kurashni kuchaytiradi. Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) sanksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ekspert komissiyasini tuzdi, deb xabar qildi agentlik.

2023-yilda Shveysariya shveysar banklaridagi Rossiya mablag‘lariga nisbatan yetarlicha qattiq choralar ko‘rmagani uchun tanqid ostiga olingan edi. 

2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumidan beri SECO Rossiya Federatsiyasiga qarshi 230 ta ehtimoliy jazo choralari buzilishini qayd etdi. Ba’zi qonunbuzarliklar Moliya vazirligi, bojxona va uchinchi davlatlarning signallari tufayli bo‘lim e’tiboriga tushdi. 

Ehtimoliy qonunbuzarliklarning o‘nlab holatlari 

Natijada 47 ta ish ochilgan. Ulardan 9 tasi bo‘yicha jarima solindi, yana 20 tasi yopilgan. 18 ta ish hali ham tergov qilinmoqda va yangi da’vo qilingan qonunbuzarliklar doimiy ravishda agentlikka yuborilmoqda, deb ta’kidladi SECO. Aksariyat holatlar Rossiyaga hashamatli buyumlar yoki Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni eksport qilish taqiqini buzish bilan bog‘liq. 

SECO’ning eksport nazorati va sanksiyalar bo‘yicha bo‘limi rahbari Saymon Plyus boshqa davlatlar endi Shveytsariya sanksiyalarga jiddiy yondashayotganini tan olishiga ishonch bildirdi. 

"Shveysariya boshqa davlatlar bilan ham ma’lumot almashadi. Tanqidlar ko‘rib chiqildi", - deya qo‘shimcha qildi u. 

Dekabr oyi boshida SECO Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar munosabati bilan muzlatilgan Rossiya mablag‘lari hajmini 7,7 milliard Shveysariya frankiga baholadi. Aniqroq ma’lumotlar 2024-yilning ikkinchi choragida Shveysariya banklari o‘z hisobotlarini hukumatga taqdim etganidan keyin paydo bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты