Huawei 1
Singapurda hasharotlarning 16 turini iste'mol qilishga ruxsat berildi

Singapur 16 turdagi hasharotlarni iste'mol qilishni ma'qulladi. Bu haqda Singapur oziq-ovqat boshqarmasi (SFA) xabar berdi.

Roʻyxatga kriketlar, chigirtkalar, oʻt qurti, asalarilar, ipak qurti va boshqa hasharotlar kiritilgan.

Hujjat, shuningdek, inson iste'moli va hayvonlarni oziqlantirish uchun hasharotlar va ularning mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi.

Rahbariyat bunday qarorga kelishi 2022-yilda ma'lum bo'lgan edi. Biroq, shundan beri sirkulyarning nashr etilishi bir necha bor qoldirildi.

2023-yil boshida oziq-ovqat agentligi yil oxirigacha 16 turdagi hasharotlarni import qilish, qayta ishlash va iste'mol qilishga ruxsat berishini e'lon qildi. Biroq, yakuniy qaror 2024-yilning o'rtalarida qabul qilindi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты