Huawei 1
Suriya mamlakatning gerbi va milliy ramzlarini yangilaydi

Suriyada 61 yillik Asad rejimi ag‘darilganidan keyingi boshlangan mamlakatni tiklash jarayoni doirasida milliy gerb, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma va rasmiy hujjatlar yangilanmoqda.

50 nafar ko‘ngillidan iborat jamoa — Mpire Agency brending va marketing kompaniyasi asoschisi Muhammad Selvaye boshchiligida hukumat shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, pasportlar, rasmiy hujjatlar va milliy logotipni qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, valyuta dizayni va davlat idoralari ramzlariga o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, mazkur tashabbus Muhammad Salvayening hamkasbi Vasim Kadura Facebook’da “Suriyaga yangi o‘ziga xoslik kerak” deb yozganidan keyin boshlangan.

Shundan so‘ng, Suriyaning yangi hukumati Salvay va Kaduraga mamlakatning yangi o‘ziga xoslik tizimini ishlab chiqishni rasman topshirdi.

Maqsad — insonlarda yurtga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash.

Biz shunchaki dizayn ishlab chiqmayapmiz. Biz yangi dizayn yaratishdan oldin Suriyaning tarixiy merosi, me’morchiligi va milliy ramzlarini o‘rganamiz, deydi Salvaye Anadolu agentligi muxbiri bilan suhbatda.

U, shuninngdek, ushbu loyiha Suriya xalqining daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash va mamlakatning xalqaro maydondagi professionalligini oshirish uchun juda muhimligini qayd etdi.  

Dizayner bu nafaqat estetik o‘zgarish, balki Suriya tarixi, madaniy merosi va me’morchiligini aks ettiruvchi “o‘ziga xoslikni yaratish” ekanligini ta’kidladi.

Hammasi hamkasbim Vazim Kaduraning “Suriyaga yangi o‘ziga xoslik kerak” degan postidan boshlandi. Bu g‘oya hukumat amaldorlarining e’tiborini tortdi va Suriya OAV vazirligi vakili Osama Ali biz bilan bog‘landi. U bizning kompaniyamizga bu loyiha bilan shug‘ullanish topshirilganini aytdi, deydi Salvaye.

Jarayonning jadallashtirilgan grafigi haqida gapirganda, Salvaye shunday dedi:

Bu shunchaki dizaynerlik loyihasi emas. Bu yangi o‘zlik, mamlakat tarixi va kelajagi uchun katta mas’uliyatdir. Vaqt cheklanganligiga qaramay, biz eng yaxshi natijaga erishish uchun astoydil ishlayapmiz.

Suriya milliy ramzlarini ishlab chiqish loyihasi ustida 50 nafar ko‘ngillilar jamoasi, jumladan, tarixchilar, tadqiqotchilar va olimlar ishlamoqda. Loyiha 3-4 oydan keyin yakunlanishi kutilmoqda. Jamoa a’zolari loyiha tafsilotlari oshkor bo‘lishining oldini olish uchun maxfiylik shartnomasini imzoladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13100 | Инструменты