Huawei 1
Suriyada Vabo epidemiyasi avj olib, 40 dan ortiq fuqaroning o'limiga sababchi bo'ldi

Shu yilning o‘tgan davrida dunyoning 27 mamlakatida vabo kasalligi qayd etilib, ko‘plab bemorlar hayotdan ko‘z yummoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotida bu borada vaziyat yanada jiddiy tus olayotgani ma’lum qilindi

Ta'kidlanishicha, epidemiya Suriyada avj olmoqda. Laboratoriya tekshiruvlari va ekspress-testlar natijalariga ko‘ra, bu yerda vaboga chalinganlar soni 757 nafarga yetgan.

Eng yomoni, kasallik 41 nafar kishini hayotdan olib ketgan. Ulardan 34 nafari Halab viloyatida yashagan bemorlar edi. Shuningdek, Dayr-az-Zor, Al-Hasek, Raqqa, Latakiya va Damashqda ham o‘lim holatlari kuzatilgan.

Olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng muz tayyorlanadigan korxona va oqova suv tarkibida vabo namunalari topildi. Buning sababi katta ehtimol bilan Furot daryosi suvidan foydalanilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, BMT aynan Suriyada tarqalayotgan vabo butun mintaqaga xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga doir

JSST dunyoda xolera vabosi keng tarqalishidan xavotirda

Maymun chechagi epidemiyasi qachon tugaydi?

Argentinada noma’lum kasallikdan o‘layotganlar soni ortmoqda

O‘zbekistonda vabo kasalligiga qarshi profilaktik ishlar qanday amalga oshiriladi?

O'zbekistonda vabo kasalligini chetdan kirib kelishini oldini olishda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51101 | Инструменты