Huawei 1
AQShga o‘tish uchun Meksikaga kelgan noqonuniy migrantlar deportatsiya qilinadi - Meksika prezidenti

AQSh hududiga o‘tish uchun Meksikaga kelgan noqonuniy migrantlar o‘z mamlakatiga qaytariladi. Bu haqda Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Mexikodagi Milliy saroyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi Anadolu.

«Markaziy Amerikaning barcha davlatlari, xususan, Gvatemala bilan kelishuv mavjud va hatto yaqinda shu maqsadda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kuba bilan ham kelishuv mavjud. Noqonuniy migrantlar Meksika hududiga emas, balki kelgan mamlakatiga jo‘natilishi kerak», deb ta’kidladi davlat rahbari.

Shu bilan birga, prezident Meksikadagi noqonuniy migrantlarga gumanitar yordam ko‘rsatilishiga ishontirdi.

«Agar bu odamlar Meksikada bo‘lsa, biz ularga gumanitar sabablarga ko‘ra e’tibor beramiz, ammo immigratsiya siyosatimizning bir qismi sifatida biz ularning o‘z vataniga qaytishini xohlaymiz», dedi Sheynbaum.

Prezidentning qayd etishicha, Meksika rasmiylari migrantlar holati yuzasidan AQSh rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda. Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, u hokimiyatga kelganidan beri birinchi navbatda migrantlarni ixtiyoriy ravishda vataniga qaytarishni rag‘batlantirgan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratib, AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilgan va nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan edi. Shuningdek, u noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinishini aytdi.

Meksika AQSh hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan noqonuniy migrantlar uchun asosiy tarnzit mamlakati hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12221 | Инструменты