Endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.
Prezidentning farmoni bilan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U Samarqand viloyatini hokim sifatida 6 yil davomida boshqardi. Ma'lumot o'rnida, joriy yil 16-yanvar sanasida bo'lib o'tgan yig'ilishda Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevni lavozimidan ozod etgan edi. Bunga hududda ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sabab bo‘ldi.
Yaponiya hukumati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash loyihasi boʻyicha 150 million dollarlik kredit shartnomasi imzolandi. Ma'lumot o'rnida, 2022-yildan buyon JICA O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini davlat kafolatisiz moliyalashtirishni nazarda tutuvchi Xususiy sektor investitsiyalarini moliyalashtirish (PSIF) dasturini amalga oshirib kelmoqda.
Bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovar bahosining 100 foizidan oshib ketmasligi, penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmasligi belgilanmoqda.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi. Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi.
Ichki ishlar organlarida migratsion profilaktika bo'linmalari, tumanlararo ma'muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi.
Qarorga ko'ra, universitetda axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini Rossiya prezidentining 2024-yil may oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident farmoniga ko'ra, mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro “marketpleys”larda targ'ib qilish, joylashtirish va reklama qilish bo'yicha “Made in Uzbekistan” dasturi amalga oshiriladi.
Toshkentda O'zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari oʻrtasida 2025-yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi imzolandi. Qayd etilishicha, 2025-yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi ikki davlat harbiy idoralari faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha 50 ta qoʻshma tadbirni oʻz ichiga oladi.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov “Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Qarorga ko'ra, Toshkent shahridagi davlat tashkilotlari, boshqarma va muassasalarda haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” deb belgilanadi. Toshkent shahar va tuman hokimliklari, hokimliklar qoshidagi boshqarma, tashkilot va bo‘limlar, boshqa davlat organlari va muassasalari xodimlari ish kunlarida milliy liboslarda yurishi tavsiya etiladi.
Migratsiya agentligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamkorligida “Japan Career Portal” ishga tushirildi. “Japan Career Portal” O‘zbekiston fuqarolariga Yaponiyada mehnat migratsiyasi, taʼlim va yashash imkoniyatlari haqida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etuvchi universal platforma sanaladi. Bundan tashqari, yaponiyalik ish beruvchilarga o‘zbekistonlik mutaxassislarning salohiyati va kasbiy sifatlari haqida to‘liq maʼlumotlar taqdim etib boriladi.
Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati noqonuniy ravishda 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Yurist esa pora sifatida 15 ming dollar olgan. Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda qariyb 1,3 mln tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. 2023-yil bilan solishtirilganda bu raqamlar deyarli o'zgarmagan.
23-27-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko'chish xavfi e'lon qilindi.
2024-yil yanvar-dekabr oylarida 1,5 mlrd AQSh dollari qiymatidagi 2 mln tonna meva-sabzavot eksport qilingan.
Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 3 nafar shaxs Jinoyat protsessual kodeksning 227-moddasi tartibida ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12220 | Инструменты