Yaponiyalik muxandislar Bluetooth orqali smartfon yoki planshetga ulana oladigan “aqlli” niqob yaratdilar
Yaponiyalik muxandislar Bluetooth orqali smartfon yoki planshetga ulana oladigan “aqlli” niqob yaratdilar. Ushbu niqob og’zaki nutqni matn shakliga o’zgartirishi, agarda lozim bo’lsa, uni yapon tilidan sakkizta xorijiy tilga ham tarjima qilishi mumkin.
Ushbu g'oya Donut Robotics texnologik startap mutaxassislariga tegishli. Kompaniya direktori Taisuke Ononing aytishicha, ba’zida xaridorlarga va sotuvchilarga bozor, yoki supermarketda bir-birlarini tushunish qiyin bo’ladi, bunga qaysidir ma’noda amaldagi tibbiy niqoblar ham sababdir. Gadjet esa smartfondagi matnni ovozli xabarga aylantirish orqali aloqa sifatini ham yaxshilay oladi.
Qurilma narxi – $40 dollar. Sotuvlar sentyabr oyida boshlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты