Huawei 1
“Taxtlar oʻyini” aktyori Darren Kent 36 yoshida vafot etdi

“Taxtlar o‘yini” filmida qiziga motam tutayotgan cho‘pon rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Darren Kent 36 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning Keri Dodd Associates agentligi X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

“Qadrli do‘stimiz va mijozimiz Darren Kent juma kuni vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilishimiz kerak. Uning yonida ota-onasi va eng yaqin dugonasi edi”, — deyiladi xabarda.

Agentlik Kentning o‘limiga oid boshqa tafsilotlarni keltirmadi. The Hollywood Reporter ta'kidlaganidek, aktyor hayotining so'nggi yillarida artrit va osteoporozdan aziyat chekdi, shuningdek, kam uchraydigan teri kasalligi bilan kurashdi.

Darren Kent 1987 yilda Esseksda tug'ilgan. U 2014-yilda chiqqan “Taxtlar o‘yini”ning “Bolalar” deb nomlangan yakuniy, o‘ninchi epizodida rol o‘ynagan. Unda u Meereendagi hukmron Daenerys Targaryen (Emiliya Klark) huzuriga kelgan cho'pon rolini o'ynadi va unga Drogon ajdaho tomonidan yoqib yuborilgan uch yoshli qizining jasadini ko'rsatdi.

Aktyor shuningdek, “Dungeons & Dragons: Honor Among Thieves” (2023), “Mirrors” (2008), “Oppoq qor va ovchi” (2012), “Kichkina musofir” (2018), “Jeepers Creepers Reborn” (2021) filmlarida ham suratga tushgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52902 | Инструменты