Huawei 1
Tesla Model S va Model X avtomobillari narxlarini 10 ming dollargacha pasaytirdi

Tesla kompaniyasi AQShda Model S va Model X avtomobillari narxlarini pasaytirdi.  Bu joriy yilda narxlarning ikkinchi marta tushirilishi bo'ldi.

Ma’lum qilinishicha, Model S hozirda 89 990 dollarga sotilmoqda, bu avvalgi 94 990 dollardan 5,2 foizga yoki taxminan 5 000 dollarga arzon hisoblanadi. Model S Plaid narxi esa hozirda 114 990 dollardan 4,3 foizga kamaygan va 109 990 dollar narxda sotilmoqda.

Model X ning hozirgi narxi 99 990 dollarni tashkil etmoqda. Bu oldingi narxidan 9,1 foizga yoki 10 000 dollarga arzon degani. Uning avvalgi narxi 109 990 dollar bo’lgan. Model X Plaid esa 119 990 dollardan 8,3 foizga pasaygan holda 109 990 dollar narxda sotilmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Tesla 2022-yilda rekord darajadagi 24,32 mlrd dollar daromadga erishgani haqida xabar bergan edik. Kompaniya joriy yilda 1,8 million dona avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60910 | Инструменты